O‘zbekiston Gruziyani yirik hisobda mag‘lub etdi

  • 12.02.2022 17:16
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Belarusning Minsk shahrida 18 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida "Rivojlanish kubogi" bo‘lib o‘tmoqda. Biroz avval hamyurtlarimiz 3-turdan o‘rin olgan o‘yinda Gruziya terma jamoasiga qarshi maydonga chiqdi va 3:0 hisobida raqibdan ustun keldi. 

Termamiz safida Muhammadali O‘rinboev, Murodjon Komilov va Iskandar Soliev gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 

Eslatib o‘tamiz, 2-turdan o‘rin olgan bahsda yoshlarimiz Isroilga 0:2 hisobida imkoniyatni boy bergandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!