O‘zbekiston Kannavaro boshchiligidagi ilk o‘yinda Quvaytni mag‘lub etdi

  • 09.10.2025 19:48
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA kunlari doirasida Quvaytga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etdi. Fabio Kannavaro uchun ushbu bellashuv terma jamoa bosh murabbiyi sifatidagi debyut o‘yini hisoblandi va yurtdoshlarimiz mazkur o‘yinda 2:0 hisobida zafar quchishdi.

Uchrashuvning 11-daqiqasida Eldor Shomurodov hisobni ochdi. Oradan 8 daqiqa o‘tgandan so‘ng, Hojimat Erkinov ikkinchi gol muallifiga aylanib, ustunlikni mustahkamladi — 2:0.

69-daqiqada esa Otabek Shukurov penaltini golga aylantira olmadi.

Ma’lumot uchun, “Oq bo‘rilar” 13 oktyabr kuni Urugvay terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!