
O‘zbekiston kubogi. Bugun ilk finalchi nomi ma’lum bo‘ladi (foto)
Bugun O‘zbekiston kubogi 1/2 final o‘yinlari start oladi. Kun doirasida bitta bahs bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
19:30 da boshlanadigan "Nasaf" - AGMK o‘yini bugungi yarim final bellashuvlarining birinchisi bo‘ladi. Ushbu uchrashuv Qarshidagi "Markaziy" o‘yingohida bo‘lib o‘tadi.
Shuningdek, ertaga 19:00 da "Navbahor" "So‘g‘diyona"ga qarshi bahs olib boradi. Bu bellashuv Namangandagi "Markaziy" stadionida bo‘lib o‘tishi belgilangan.
Ma’lumot o‘rnida, ikki o‘yinni ham Sport TV telekanali orqali jonli efirda tomosha qilish imkoniyatiga egasiz.
Fikrlar