
O‘zbekiston kubogi. Bugun "Nasaf" - "Navbahor" uchrashuvi bo‘lib o‘tadi
Bugun O‘zbekiston kubogidan o‘rin olgan to‘rtta o‘yin bo‘lib o‘tadi.
Dastlab, "Jayhun" - "Qizariq" bahsi bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv 16:30da start oladi. Biroz o‘tib "Qo‘qon-1912" - "So‘g‘diyona" bilan kuch sinashadi. Ushbu qarama-qarshilik 17:00ga belgilangan.
Bugungi kunning markaziy jangida "Nasaf" va "Navbahor" jamoalar kurashadi. Qarshidagi "Markaziy" stadionida bo‘lib o‘tadigan bahsning hushtagi 17:00da chalinadi.
Bundan tashqari, muxlislar "Bunyodkor" - "Sho‘rtan" uchrashuviga ham guvoh bo‘ladi. Bellashuv 19:15da start oladi.
Fikrlar