
O‘zbekiston kubogi. Chorak finalga chiqqan yana 2 ta jamoa nomi ma’lum bo‘ldi
Bundan biroz avval O‘zbekiston kubogining 1/8 finalidan o‘rin olgan ikkita uchrashuv o‘z nihoyasiga etdi.
Jumladan, “Qizilqum” o‘z maydonida “Sho‘rtan”ni qabul qildi va 1:2 hisobida ustun keldi. Qo‘shimcha bo‘limlarga qadar davom etgan “Dinamo” Samarqand va “Olimpik” (2:2) jamoalari uchrashuvi g‘olibi penaltilar seriyasida aniqlandi. Unda “Olimpik”ning qo‘li baland keldi.
Shu tariqa “Qizilqum” va “Olimpik” jamoalari O‘zbekiston kubogining 1/4 final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Fikrlar