O'zbekiston Kubogi. "E" guruhining so'ngi tur o'yinlari sanasida o'zgarish

  • 18.05.2026 16:00
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Musobaqaning E guruhi 3-turidan o‘rin olgan Bunyodkor — QMU Jayxun hamda TerDU — Qizilqum uchrashuvlari avvaldan belgilanganidek 23-may sanasida emas, balki 24-may kuni bo‘lib o‘tadi.

Xabaringiz bor, 22-may kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi "JCH-2026" safari oldidan "Bunyodkor" stadionida nazorat uchrashuvi o‘tkazadi. Shundan kelib chiqqan holda yuqorida qayd etilgan ikki uchrashuv sanasida o‘zgarish kuzatiladi.

Ma’lumot uchun, TerDU — Qizilqum o‘yini Surxon arena va unga tutash hududdagi futbol maydoni parvarishidan kelib chiqqan holda, Navoiy shahrida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!