
O‘zbekiston kubogi. Final uchun kechadigan "janglar"ni qaerdan tomosha qilish mumkin? (Foto)
Bugun O‘zbekiston kubogida finalning ikki ishtirokchisi aniq bo‘ladi. "Nasaf" Qarshida "Dinamo" bilan kuch sinashadi. 18:00 da boshlanadigan bellashuv "Dunyo bo‘ylab" telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.
Parallel uchrashuvda OKMK o‘z uyida "Navbahor"ni qabul qiladi. Mazkur uchrashuv ham 18:00 da start oladi. O‘yinni "Sport" telekanali orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.
Fikrlar