
O‘zbekiston kubogi. "Jizzax" "G‘ijduvon"ni mag‘lub etdi
O‘zbekiston kubogi 2-tur uchrashuvlari davom ettirilmoqda.
"A" guruhi ishtirokchisi "Jizzax" bugun "G‘ijduvon"ga qarshi maydonga tushdi. Mazkur o‘yinda maydon egalari 2:1 hisobida zafar quchdi.
Mezbonlar safida gollarni Jabborov va Yoqubov kiritdi. Mehmonlarning yagona goli Boysariev nomiga qayd etildi.
Shu tariqa, jizzaxliklar 3 ochko bilan 3-o‘rinda qoldi. "G‘ijduvon" hisobida hali ochko mavjud emas.
Fikrlar