
O‘zbekiston kubogi. "Nasaf" va OKMK o‘rtasidagi final qachon bo‘lib o‘tishi ma’lum
Bugun O‘zbekiston kubogida finalchilar nomi aniq bo‘ldi. Qarshida kechgan "Nasaf" - "Dinamo" o‘yinida "ajdarlar" 2:1 hisobida zafar quchdi.
Olmaliqda o‘tkazilgan OKMK - "Navbahor" o‘yini esa shiddatli tarzda o‘tdi. Unda olmaliqliklar penaltilar seriyasidagi ustunlik evaziga (4:3) hisobida g‘alaba qozondi.
Endi Qarshidagi finalda "Nasaf" va OKMK kubok uchun kurash olib boradi. Bahs 12 noyabr kuni bo‘lib o‘tishi belgilangan.
Fikrlar
Чемпионлик Навбахорга насиб килиши мумкин