O‘zbekiston kubogi. "Navbahor" o‘z guruhida etakchi bo‘lib oldi (foto)
O‘zbekiston kubogi 1-tur uchrashuvlari davom ettirilmoqda.
"F" guruhi ishtirokchisi "Navbahor" bugun "Olimpiya"ga qarshi maydonga tushdi. Toshkentdagi ROZK sport majmuasida bo‘lib o‘tgan o‘yinda mehmonlar yirik 4:1 hisobida zafar quchdi.
Mezbonlar safida yagona golni Navro‘z Iminjonov kiritgan bo‘lsa, namanganliklarning 4 goli Shohruz Norxonov (penalti), Temurxo‘ja Abduxoliqov va Oston O‘runov (dubl) nomiga qayd etildi.
Quyida ushbu bahsdan keyin "F" kvartetidagi turnir jadvali bilan tanishish imkoniga egasiz.


Fikrlar