O‘zbekiston milliy terma jamoasi finalda Eronni yutsa, Osiyoning eng yaxshi beshinchi jamoasiga aylanadi

  • 16 noyabr, 01:49
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston terma jamoasi Misrga qarshi o‘yindagi g‘alaba ortidan FIFA reytingida +5,70 ballga ega bo‘ldi va onlayn jadvalda ikki pog‘ona ko‘tarildi (Mali va Kamerundan o‘zib ketdik). Hozirgi ballarimiz 1458 tani tashkil etadi.  

Tecno

Shuningdek, terma jamoamizni 18 noyabr kuni Eronga qarshi o‘yin kutyapti. Mazkur uchrashuvdagi g‘alaba vakillarimizga taxminan +6,5 ball keltiradi. Biz bo‘lajak finaldagi g‘alaba orqali Osiyoning eng yaxshi beshinchi jamoasiga aylanamiz.

Hozircha bizdan oldinda:

5. Qatar 
4. Avstraliya
3. Janubiy Koreya
2. Eron
1. Yaponiya

To‘g‘ri, Qatar terma jamoasi ham Zimbabvega qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etadi, lekin ushbu o‘yin ikki jamoa uchun ham bal bermaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!