
O‘zbekiston MMA terma jamoasi Belarus vakillariga qarshi jang qildi!
Xabar berib o‘tganimizdek, Rossiyaning Sankt- Peterburg shahrida aralash jang san’atlari bo‘yicha xalqaro turnir start olgan. Ya’ni, Sankt-Peterburg gubernatori kubogida O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etmoqda.
5 ta vazn toifasida ( -61, -65, -70, -77, -83,9) jamoaviy tarzda o‘tkazilayotgan mazkur turnirda terma jamoamizning ilk raqiblari Belarus terma jamoasi bo‘ldi.
Ushbu qarama-qarshilikda ajoyib jang ko‘rsatgan vakillarimiz - 61 kgda Behruz Ismoilov, -65 kgda Shukurjon Rustamov hamda -70 kgda Mahmudjon Odilov raqiblariga xech qanday imkoniyat qoldirmagan holda, hisobni 3:0 ko‘rinishga olib keldi va qolgan 2 jangni o‘tkazilishiga hojat qoldirmadi. Shu tariqa yurtdoshlarimiz yarim final bosqichiga yo‘l oldilar. Bu bosqichda vakillarimiz tojikistonliklar bilan bahs yuritadi. Yana bir necha daqiqalardan so‘ng, Tojikistonliklar bilan jangga ham start beriladi. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring. O‘z o‘rnida esa g‘alaba bilan sportchilarimizni tabriklagan holda navbatdagi bosqichda ham omad yor bo‘lishiga tilakdoshmiz!
Fikrlar