O‘zbekiston MTJ BAAga yo‘l oldi. Tarkibda o‘zgarishlar bor (Foto)

  • 9 oktabr, 2020, 22:53
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi oktyabr oyidagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini Dubay shahrida davom ettiradi.

Tecno

Bosh murabbiy Vadim Abramov 12 oktyabr kungi BAAga qarshi o‘yin uchun milliy jamoamizga 24 nafar futbolchini jalb etgan.

MTJ delegatsiyasi bugun Toshkent-Dubay havo reysi bilan soat 17.50da Birlashgan Arab Amirliklari tomon parvoz qildi.

Vakillarimiz “Al-Bustan Rotana” mehmonxonasiga joylashadi. Jamoa a’zolari ertaga BAA futbol assotsiatsiyasi maydonida dastlabki mashg‘ulotlarini o‘tkazadi.

Shuningdek, tarkibda o‘zgarishlar ham yo‘q emas. Yaqindagina “Jenoa” klubi bilan shartnoma imzolagan Eldor Shomurodov Italiyada mehnat faoliyatiga ruxsat beruvchi viza masalalari sabab Toshkentda qolishga majbur bo‘ldi. “Paxtakor” himoyachisi Hojiakbar Alijonov avvalgi jarohatlarining asorati tufayli Eronga qarshi uchrashuvda o‘zini noqulay his qildi. Shuning uchun u ham xorij yig‘iniga bormadi. Termamizning BAAga qarshi o‘rtoqlik o‘yini Dubay shahrida o‘tkaziladi.

Quyida BAAga yo‘l olgan tarkibimiz bilan tanishing:

photo_2020-10-09_09-34-22

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
10/10/2020 00:32
ish qilib shu safar sahal etiborli buling. uyinchi bor imkoniyatlarini urganib keyin tushursinda. urta. shahsan manga. Hamrabekov Ganiev Mazgavoy. 3 lasini tashlash kerak. chunki. bula har bittasi uziga hos uslubi bor. Hamrabekov himoyachilarga yordomlashsa. Aziz bilan Akmal. tup oshirish bilan ishlaydi. manabu bolalarga Fudbol klassi bor. Yoshlar ham Aynan Hamrabekov bilan Ganiev olib beruvdi. lekin hech shulani yana birga uynatib kurmaydi shunga qoil qolaman bulmasa. OFK KUR ekanda. Hamrabekov chempionatni eng zur uyinchisi sofrini beruvdi