
O‘zbekiston MTJ bosh murabbiyiga aylanishi mumkin bo‘lgan nomzodlar
15 iyundan beri o‘zbekistonlik muxlislarning Vadim Abramovga yo‘llagan savollari juda ko‘p. Eng asosiysi u iste’foga qachon chiqarilishi. Hozircha, bu haqda O‘FA ma’lumot bermadi. Ammo shuni aytish kerakki Vadim Karlenovichning terma jamoada qiladigan ishi tugagan. Shu kunlarda Abramov ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazilishi kutilmoqda.
Endi terma jamoani kim qo‘lga olishi aksariyat ishqibozlarni qiziqtirmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda Ro‘ziqul Berdiev va Timur Kapadze nomlari ilgari surilmoqda muxlislar tomonidan, albatta. Ammo ayni paytdagi holatdan kelib chiqib muhalliy murabbiylar terma jamoani qabul qilishi qiyinroq. Qolaversa, undan oldinroq Shota Arveladze va Karlush Keyrush varianti chiqa boshlagandi.
Nomzodlar orasida haqiqatga yaqinrog‘i Arveladze bo‘lishi mumkin. Chunki u avvalroq "Paxtakor"ga qaytish borasidagi murojaatga yo‘q, deya javob berdi. Bir oy avval saytimizga “Paxtakor” klubi sport direktori Ja’far Irismetov Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jaev Arveladzeni “Paxtakor”ga qaytarish uchun shaxsan o‘zi unga qo‘ng‘iroq qilgani va bu masala bo‘yicha ular o‘zaro gaplashishgani, ammo Shota Yustinovich sobiq jamoasiga qaytish taklifini ma’lum sabablarga ko‘ra qabul qilmaganini aytgandi. Balki Arveladze biz kutmagan qarorni qabul qilishi mumkin.
Karlush Keyrush ikki yil avval Ektor Kuper kelishidan oldin u bilan muzokara o‘tkazilgan. Ammo yakunda tomonlar kelishi olmagandi. Bu gal yana harakat qilib ko‘rsa bo‘ladi. Har holda Osiyo futboli bo‘yicha katta tajribaga ega.
Bu taxminlar qanchalik to‘g‘ri ekanligini balki tez orada bilib olarmiz. Undan avval esa ertaga MOQda O‘FAning navbatdan kongressi bo‘lib o‘tadi. O‘shanda ko‘p masalalarga oydinlik kiritilishi mumkin. Kongres 14:30da boshlanadi.
Fikrlar
- Мен бу мавзу бўйича ЎФА раҳбарияти билан хеч качон гаплашмаганман ва уларнинг ичидан нима ўтаётганини билмайман. Буни аввал журналистлар ва мухлислар ўртасида овозга қўйиш керак. Ўйлайманки, ҳозирги вазиятдан келиб чиқиб УЕФАга қайтса бўлади. Чунки бундай имконият бошқа бўлмаслиги мумкин. Биз ё пайтдан фойдаланиб ўзимиз бўлган олдинги ташкилотга қайтамиз ёки бутунлай шу ерда қоламиз. ОФК футболимиз ривожи учун ҳеч нарса қилмаган. Ҳаммасига ўзимиз собик Иттифоқ пайтида олинган тажриба туфайли эришдик. Катта денгизда сузишни хоҳласанг, денгиз ёнига бориш керак. Ўз ўзидан денгиз сенинг олдингга келмайди.
Карлос Кейруш яхши вариант. Осиё футболидан хабари бор инсон. Хам вакт оралиги +1; +1.5 йил кушимча. Бемалол 18-23 ёш оралигидагиларни тайёрлаб борса булади.
Лекин хамма ресурсларни етказиб бериш керак.