
Vadim Abramov iste’foga chiqarildimi?
O‘zbekiston milliy terma jamoasi jahon chempionati ikkinchi saralash bosqichida qolib ketdi. Ushbu tarixiy natija futbolimiz jamoatchiligiga qattiq ta’sir qildi.
Saudiyaga qarshi uchrashuvdagi mag‘lubiyatdan so‘ng Vadim Abramovga tanqid toshlari otildi. Taktika va tarkib borasidagi qarori keskin qoralandi.
O‘z navbatida ishqibozlar Abramovning qachon iste’foga chiqishi borasidagi murojatlar ko‘paydi. Internetda esa uning tez orada lavozimidan ozod etilishi borasidagi xabarlar tarqaldi.
Shuni aytishimiz mumkinki, Vadim Karlenovich O‘zbekiston milliy terma jamoasini qayta qo‘lga olganda, O‘FA bilan qancha muddatga bitim tuzgani borasidagi savolga javob bergandi. Ya’ni mutaxassis JCh saralash yakunigacha deb aytgan. Bellashuvlar biz uchun tugaganini va natija juda ham qoniqarsiz bo‘lganini inobatga olsak murabbiyning terma jamoada qiladigan ishlari qolmagan.
19 iyun kuni MOQda O‘FAning navbatdan tashqari kongressi bo‘lib o‘tadi. Unda terma jamoaning JCh-2022 saralashidagi natijalari muhokama qilinadi va o‘zgarishlar ma’lum qilinishi kutilmoqda.
Fikrlar
2. Командани тилини тополмайди, тугри ма'нодаям, кучма ма'нодаям. И. Шквврин олмаликда ишлаганида, я узбекский не знаю а ребята русский не понимают, поэтому плохо играем деган эди. Олий, 1-лига, хамма командаларда 20-ешгача булган 200-300 та болаларни неча фоизи русчани яхши тушунади? Тренер деган шуларни кунглини билиб, ичидан танлаши керак! Атрофидаги 10та одамдан 9 таси узбек, шулардан 4-5 таси узбекчадан бошка тилни билмайдиган шароитда мен узбееча билишим шартмас деган рахбарларни хамма жойдан хайдаш керак, факат футболда эмас!
Бизда хар бир соха чукур коррупция боткогига ботиб кетди шу каторда футбол хам ботган ва хеч ким тортиб чикара олмайди.
Menga qolsa, menam haydagan bo'lardim Abramovni yoki Ro'ziqul Berdiyevni, Mirjalol Qosimovni tanlash imkoniyatini ham ko'rib chiqmasdim.
Butun dunyoda xalqdan o'rnak olinadi yoki xalqni fikri eshitiladi. Bizda qani shunaqa mulohaza ?
Yo'q hammasi keladi, soqqani qiladi. Bitta bosh egib uzr so'rash bilan u inson unutiladi.
Agar xalqdan nomzodlarni kimni tavsiya qila olasiz deganlarida, Karlush Keyrushni yoki Maksim Shaxskiyni tanlagan bo'lardim, va + yoniga maslahatchi sifatida 2 ta yaxshi jurnalistni (futbolni yuragi bilan his qiladigan 2 ta inson bor) tavsiya qilardim.
Qolganlari buni eplolmaydi, (eplolmadi).
To'g'risi tan olish kerak, bizda o'zbek klublari ham osiyi klublar o'rtasidagi musoboqalarda ham o'rin ololmaydi chunki sifat yo'q. Nomi ulug' xolos.
Xulosa o'zingizdan futbol qirollari.
Фаолият курсатмаётган мураббийлар:
1. Карлуш Кейрош
2. Юрген Клинсман
3. Андреа Виллаш - Боаш
4. ....
5. ....
6. ....
7. ....
ва хаказо таклиф булса тулдирингизлар ва маъсуллар эртарок ишни бошлангизлар. Илтимос хамма кутишдан чарчади.