O‘zbekiston MTJ hamon bosh murabbiysiz... (Fotoreportaj)

  • 17 yanvar, 2022, 23:10
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Dubayda yig‘in tashkil qilmoqda. Terma jamoa hamon bosh murabbiysiz shug‘ullanyapti.

Tecno

Sababi Srechko Katanetsning Sloveniyadan BAAga kelishi oldidan topshirgan testi musbat natija qayd etgan. Shu bois murabbiy o‘z yurtida karantinda. Qolaversa, Hojimat Erkinovning topshirgan testi musbat natija sabab karantinda edi. Ammo bir necha kundan so‘ng futbolchida hammasi joyida ekanligi uchun mashg‘ulotlarga qaytdi. Ammo keyinchalik darvozabon Umidjon Ergashev topshirgan testda virus alomatlari aniqlanganligi bois alohida ajratib qo‘yildi.

Ayni paytda terma jamoaning qolgan a’zolari yig‘inni davom ettirmoqda. Mashg‘ulotlarni Katanetsning yordamchilari olib boryapti. O‘FA matbuot xizmati terma jamoaning bugungi tayyorgarlik jarayonidan fotolarni taqdim etdi.

Ma’lumot o‘rnida, terma jamoamiz 27 yanvar kuni Dubayda Bahrayn, 1 fevral kuni esa Yangi Zelandiyaga qarshi xalqaro o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushishi belgilangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!