
O‘zbekiston MTJ Saudiya Arabistoni va Falastinga qarshi o‘yinlar oldidan Toshkentda o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi 9 noyabr Toshkentda Qirg‘iziston milliy termasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, mazkur o‘yin "Paxtakor" stadionida tashkil etiladi.
"Paxtakor" stadioni
17:00. O‘ZBEKISTON - QIRG‘IZISTON
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi noyabrda JCh-2022 ikkinchi saralash bosqichidan o‘rin olgan Saudiya Arabiston (14 noyabr) va Falastin (19 noyabr) bilan kuch sinashadi.
Fikrlar