
O‘zbekiston MTJ yig‘iniga chaqirilgan legionerimiz Toshkentga kela olmaydigan bo‘ldi
Janubiy Koreya K-ligasining "Seongnam" klubi safida to‘p tepayotgan Jamshid Iskanderov O‘zbekiston MTJ yig‘iniga kela olmaydigan bo‘ldi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
Pandemiya paytida FIFAning tegishli reglamentiga muvofiq, milliy terma jamoaga chaqiruv olgan futbolchi o‘z klubiga qaytib kelgan paytda 5 kundan ortiq bo‘lmagan karantinga olinishi mumkin. Aks holda klub o‘z futbolchisini milliy terma jamoa ixtiyoriga qo‘yib yubormaslik huquqiga ega hisoblanadi.
O‘zbekiston MTJning bugungi mashg‘ulotida kimlar ishtirok etdi? Legionerlar safdami? (Fotoreportaj)
"Seongnam" klubi Jamshid Iskanderov Janubiy Koreyaga qaytganda 5 kundan ko‘p muddatga izolyatsiyaga olinishi, shuningdek, chempionatning hal qiluvchi uchrashuvlarida jamoa tarkibi kuchsizlanib qolmasligi uchun futbolchini MTJning oktyabr oyidagi yig‘iniga yubora olmasligini ma’lum qildi.
Fikrlar