
O‘zbekiston MTJga g‘alaba gollarini olib kelgan Shomurodov va Ashurmatovdan ajoyib natijalar
Osiyo qit’asida 2026 yilgi jahon chempionatining saralash bosqichi doirasida Gongkong - O‘ZBEKISTON uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda vakillarimiz 0:2 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Dastlab, Eldor Shomurodov sherigi Azizbek Turg‘unboev qanotdan uzatgan to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi. 66-daqiqada esa Rustam Ashurmatov jamoadoshi Jaloliddin Masharipov burchak zarbasidan oshirgan to‘pni boshi bilan to‘rga yo‘lladi.
Safarda g‘alaba qayd etgan vakillarimiz hozircha, turnir jadvalida ikkinch o‘rinda bormoqda. Biz bilan bir xil ochko jamg‘argan Eron to‘plar farqiga ko‘ra birinchinii pog‘onani band etdi.
Taniqli mutaxassis Alisher Nikimbaev telegramdagi sahifasida uchrashuvga aloqador bir qator raqamlar borasida ma’lumot berdi.
Rustam Ashurmatovning kechagi o‘yindagi goli O‘zbekiston milliy terma jamoasining jahon chempionati saralashlaridagi 200-goli sifatida tarixga kirdi.
Rustam bu borada umumiy hisobda 55-futbolchi, to‘purarlar ro‘yxatidagi ikkinchi Ashurmatov bo‘ldi. Birinchisi, amakisi Baxtiyor edi. Ushbu ro‘yxatdagi yana bir juft qarindosh - aka-uka Shatskixlar.
Kechagi o‘yinda birinchi gol muallifi Eldor Shomurodov ham o‘zining yubileyini nishonladi, lekin bu uning uchun JCh saralash turnirlaridagi o‘ninchi gol hisoblanadi. Shomurodov 10 va undan ortiq gol urganlar futbolchilar ro‘yxatida ettinchi o‘rinni egalladi:
15 Maksim Shatskix
13 Mirjalol Qosimov
12 Server Jeparov
11 Jafar Irismetov
11 Aleksandr Geynrix
11 Odil Ahmedov
11 Eldor Shomurodov
Shuni qayd etish kerakki, ushbu ro‘yxatda faqatgina Irismetov o‘z gollarini ikkita saralash turnirida kiritgan (1998 yil - bitta gol va 2002 yil - 10 ta gol). Qosimov va Shomurodov uchta saralash turnirida, qolganlari esa to‘rtta turnirda gol urgan.
2002 yilgi JCh saralash turnirida Irismetov 10 marotaba raqiblari darvozasini ishg‘ol qilish orqali, bitta turnirda gol urish bo‘yicha rekordchi hisoblanadi. Turnirda Oleg Shatskix (1998), Mirjalol Qosimov (2002) va Maksim Shatskix (2010) 8 tadan gol urishgan.
Fikrlar