
O‘zbekiston MTJning Qatarga qarshi muhim o‘yinini kim sharhlaydi?
Kecha Osiyo Kubogida chorak finallar start oldi. Bugun ushbu bosqich doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Qatar bilan kuch sinashadi.
Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 20:30da start oladi. O‘yinni taniqli sharhlovchi Davron Fayziev sharhlab boradi. Bellashuvni "Sport" telekanali jonli efirda namoyish etadi.
Dastlabki bahslarda Iordaniya Tojikistonni, Janubiy Koreya Avstarliyani engib yarim finalga yo‘l olgandi. Bugun vakillarimizdan tashqari Yaponiya va Eron bellashuvi ham o‘rin olgan.
Fikrlar
Мурод ака билан Дилшод хам яхши шархлашди. Бир гал туп Кубога келганда уни хакида маълумотга эга эмасликлари билинди