O‘zbekiston olimpiya terma jamoamiz va "Dinamo" himoyachisi "Navbahor"ga qarshi maydonga tushishi mumkin

  • 27 aprel, 2024, 15:40
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Dinamo" himoyachisi Odilbek Abdumajidov "Navbahor"ga qarshi o‘yinda maydonga tushishi mumkin. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. 

O‘zbekiston olimpiya jamoasi safida Qatardagi yig‘inda ishtirok etgan Odilbek Abdumajidov hafta boshida klub ixtiyoriga qaytgan. Osiyo kubogi U-23 pley-off bosqichida "Dinamo" himoyachisi Odilbek Abdumajidov o‘rniga "Lans" himoyachisi Abduqodir Husanov O‘zbekiston olimpiya jamoasi safiga qo‘shilgach, bosh murabbiy Timur Kapadze Abdumajidovning "Dinamo" ixtiyoriga qaytib, klubiga yordam berishiga ruxsat bergan. 

"22 yoshli markaziy himoyachi "Navbahor"ga qarshi o‘tadigan 28 aprel, yakshanba kungi o‘yinda jamoamizga yordam berish imkoniyatiga ega bo‘ladi", - deyiladi xabarda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!