
O‘zbekiston OTJ 3-o‘rin uchun kim bilan o‘ynashi ma’lum bo‘ldi
Hozirgina U-23 Osiyo chempionati ikkinchi yarim finali yakunlandi. Unda Avstraliya - Janubiy Koreya to‘qnashuvi kuzatildi.
Bellashuvda Janubiy Koreya 2 ta gol urib, finalga yo‘l oldi.
Endi Lyubinko Drulovich shogirdlari 3-o‘rin uchun bahsda Avstraliya bilan kuch sinashishadi. Ushbu bahs 25 yanvar kuni o‘tkaziladi. Saudiya Arabistoni hamda Janubiy Koreya o‘rtasidagi final esa 26 yanvarda bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar