
O‘zbekiston OTJ yagona gol evaziga Erondan ustun keldi
Tokio Olimpiya o‘yinlarining saralash bosqichiga tayyorgarlik olib borayotgan futbol bo‘yicha O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi (OTJ) bugun Olmaliq shahrida Eron OTJga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.
Lyubinko Drulovich shogirdlari mazkur bahsda kichik 1:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. O‘yindagi yagona golga 57-daqiqada Jasur Yaxshiboev mualliflik qildi.
O‘zbekiston U-23 – Eron U-23 – 1:0
Hakamlar: Ahrol Risqullaev, Andrey Tsapenko, Timur Gaynullin, Jasur Muxtorov.
Gol: Jasur Yaxshiboev 57, – 1:0.
O‘zbekiston U-23: 1. Abduvohid Ne’matov, 2. Islom Qobilov, 3. Ilhom Alijonov, 5. Dilshod Saitov, 6. Nurillo To‘xtasinov, 9. Jasur Yaxshiboev, 10. Bobir Abdixoliqov, 14. Abror Ismoilov, 15. Oybek Rustamov, 18. Husniddin Aliqulov, 22. Sanjar Qodirqulov.
Zaxira: 12. Nizomiddin Ziyovutdinov, 21. Mashxurjon Muhammadjonov, 4. Abdulla Abdullaev, 7. Shahboz Jo‘rabekov, 8. Islom Kenjaboev, 11. Mirjahon Mirahmadov, 13. Sherzod Nasrullaev, 16. Aziz Amonov, 17. Islom Rashidxonov, 19. Asad Sobirjonov, 20. Ibrohim Yo‘ldoshev, 23. Bobur Asqarov.
Endi mazkur jamoalar yana 3 kundan so‘ng “Paxtakor” mazkuriy stadionida ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazishadi.
Fikrlar