
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga asosan, shaxmat bo‘yicha Butunjahon olimpiadasi g‘oliblari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti "Butunjahon 44-shaxmat olimpiadasi g‘oliblari va ishtirokchilarini mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmonni imzoladi.
Unga ko‘ra, Nodirbek Abdusattorov, Jahongir Vohidov, Shamsiddin Voxidov, Javohir Sindarov Sanjarbekovich hamda Nodirbek Yakubboev «O‘zbekiston iftixori» faxriy unvoni bilan, murabbiylar Vladimir Egin hamda Ivan Sokolov esa «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi» faxriy unvoni bilan mukofotlandi.
Bundan tashqari, ayollar terma jamoamiz a’zolari Maftuna Bobomurodova, Marjona Malikova, Umida Omonova, Afruza Hamdamova hamda Nilufar Yakubboevalar «Kelajak bunyodkori» medali bilan mukofotlandi.
Fikrlar