
O‘zbekiston shaxmat terma jamoasi jahon chempionatida ishtirok etish uchun jo‘nab ketdi. Nodirbek Abdusattorov tarkibda yo‘q...
Joriy yilning 19-26 noyabr kunlari Isroil davlatida FIDE jamoalar o‘rtasidagi jahon chempionatida bo‘lib o‘tadi. Unda ishtirok etuvchi O‘zbekiston terma jamoasi GM Nodirbek Yakkubboev, GM Javohir Sindarov, GM Shamsiddin Vohidov, GM Jahongir Vohidov, IM Ortiq Nigmatov va IM Abdimalik Abdisalimovdan iborat tarkib bilan jo‘nab ketdi.
Mazkur chempionatda jami 12 ta jamoa ikki guruhga bo‘lingan holda bahslarga kirishadi. Ishtirokchi davlatlar: Xitoy, Frantsiya, Niderlandiya, Janubiy Afrika Respublikasi, Ispaniya, Ukraina, O‘zbekiston, Ozarbayjon, Hindiston, Isroil, AQSh va Polsha. Chempionat davra tizimida, jamoalar uchun 5 ta turda o‘tkaziladi.
Anchagina nomdor shaxmatchimiz, GM Nodirbek Abdusattorov boshqa bir nufuzli turnirda ishtirok etishi sababli tarkibdan o‘rin olmagan.
Fikrlar