
O‘zbekiston Superkubogi. Bugun Yaypandagi o‘yin ikkinchi o‘ringa ko‘tarilishi mumkin
Bugun O‘zbekiston Superkubogi bahsi bo‘lib o‘tadi. Yaypanda "Paxtakor" va "Nasaf" kuch sinashadi. Uchrashuv 16:00da boshlanadi.
"Turon" klubining "O‘zbekiston" stadioniga 8 ming muxlis sig‘adi. Bugun arena to‘lishi kutilmoqda va Superkubokda eng ko‘p muxlislarni qabul qilgan ikkinchi stadion sifatida tarixga kirishi mumkin.
Bungacha Superkubokda eng ko‘p tomoshabin 2019 yili Toshkentdagi "Paxtakor" stadionida kuzatilgan. "Lokomotiv"ning AGMK klubiga qarshi bellashuvga 18000 ishqiboz tashrif buyurgan. Undan keyingi eng yaxshi natija 2015 yilga to‘g‘ri keladi. "Bunyodkor" arenasida o‘tkazilgan "Lokomotiv" hamda "Paxtakor" to‘qnashuviga 7216 tomoshabin kelgan. Bugun "O‘zbekiston" o‘yingohidagi tomoshabin mana shu natijani yangilashi mumkin.
Quyida O‘zbekiston Superkubogiga tashrif buyurgan muxlislar soni bilan tanishing:
1999 yil. "Navbahor" - "Paxtakor" 4:2. "Neftchi" stadioni (Farg‘ona), 6000 tomoshabin
2000-2013 yillar o‘tkazilmagan
2014 yil. "Bunyodkor" - "Lokomotiv" 2:1. "Jar" stadioni (Toshkent), 4751 tomoshabin
2015 yil. "Lokomotiv" - "Paxtakor" 4:0. "Bunyodkor" stadioni (Toshkent), 7216 tomoshabin
2016 yil. "Nasaf" - "Paxtakor" 1:0. "Bunyodkor" stadioni (Toshkent), 4748 tomoshabin
2017-2018 yillar o‘tkazilmagan
2019 yil. "Lokomotiv" - AGMK 2:1. "Paxtakor" stadioni (Toshkent), 18000 tomoshabin
2020 yil o‘tkazilmagan
2021 yil. "Paxtakor" - "Nasaf" 1:0. "Dinamo" stadioni (Samarqand), 4000 tomoshabin
Fikrlar