
O‘zbekiston Superkubogi qachon bo‘lib o‘tishi ma’lum bo‘ldi
16 iyun kuni soat 11:00 da O‘zPFL binosida ayollar futboli bo‘yicha O‘zbekiston Oliy ligasi yangi mavsumi uchun qur’a tashlanadi. Eslatib o‘tamiz, unda 12 jamoa ishtirok etadi va ikki davra mobaynida jami 22 tur bahslari bo‘lib o‘tadi.
Oliy ligada ishtirok etuvchi jamoalar:
“Sevinch”
“Bunyodkor-W”
“So‘g‘diyona-W”
“Metallurg-W”
AGMK-W
“Lokomotiv-W”
“Paxtakor-W”
“Qizilqum-W”
“Navbahor-W”
“Andijanka”
“Buxoro-W”
“Surxon-W”
Soat 12:00 da esa Birinchi liga uchun qur’a tashlanadi.
Birinchi ligada ishtirok etuvchi jamoalar:
“Dinamo-W”
“Sho‘rtan-Lady”
“Xorazm-W”
“Neftchi-W”
“Qo‘qon-1912 W”
“Mash’al-W”
“Sevinch-2”
AGMK-2
Shuningdek, 29 iyun kuni mamlakat chempioni “Sevinch” va kubok sohibi “Bunyodkor-W” jamoalari o‘rtasida O‘zbekiston Superkubogi o‘yini bo‘lib o‘tadi. Superkubok bahsi bo‘lib o‘tadigan joy va boshlanish vaqti tez orada rasman e’lon qilinadi.
Fikrlar