
O‘zbekiston Superligasi. "So‘g‘diyona" bu safar Bekobodda "qoqildi"
O‘zbekiston Superligasi 19-turidan o‘rin olgan "Metallurg" - "So‘g‘diyona" uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda mezbonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab, Bektemir Abdumannonov 29-daqiqada penaltidan hisobni ochdi. Bo‘lim so‘ngida "bo‘rilar" Abdujalil Manazarovning goli evaziga muvozanatni tikladi. Asosiy vaqtga hakam tomonidan qo‘shib berilgan 6-daqiqada Bektemir ikkinchi golni urib, jamoasiga g‘alaba keltirdi.
Shu tariqa, bekobodliklar ochkolari sonini 23 taga etkazib oldi. Jizzaxliklar hisobida 31 ochko bor.
Bungacha Baqoev shogirdlari "Neftchi" va "Navbahor" bilan durang o‘ynab, "Olimpik"ka mag‘lub bo‘lgandi.
Fikrlar