O‘zbekiston terma jamoasi Afrikaning ikki karra chempionini yirik hisobda mag‘lub etdi

  • 30.07.2021 12:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Mini-futbol

Bugun futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Tailanddagi “Continental” xalqaro turnirining 3-o‘rni uchun tashkil etilgan bahsda Afrika qit’asining ikki karra chempioni - Misr terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi.

Qiziqarli kechgan uchrashuv 4:0 hisobida vakillarimizning g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu kuni terma jamoamiz safida gollarni Anasxon Rahmatov (21', 40'), Ixtiyor Ropiev (25') va Akbar Usmonov (26') kiritdi.

“Continental” xalqaro turniri

3-o‘rin uchun bahs

O‘zbekiston - Misr 4:0

Gollar: Anasxon Rahmatov 21', 40', Ixtiyor Ropiev 25', Akbar Usmonov 26', 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
30/07/2021 14:26
РАҲМАТ ШУЛАРГА. ФАҚАТ ОМАД ТИЛАЙМИЗ.