O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Niderlandiyaga qarshi uchrashuvda necha ballga loyiq ko‘rildi?

  • 09.06.2026 05:07
  • Bilolbek Imomov
  • 2
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Niderlandiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida munosib o‘yin ko‘rsatgan bo‘lsa-da, 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Uchrashuvdan so‘ng statistik portallar futbolchilarning harakatlarini baholadi. Terma jamoamiz safida eng yuqori baho Jahongir O‘rozov va Otabek Shukurovga nasib etdi — 6,7 ball.

Quyida O‘zbekiston futbolchilarining baholari keltirilgan:

Darvozabon:
— Otkir Yusupov — 6,3

Himoyachilar:
— Rustam Ashurmatov — 6,5
— Abduqodir Husanov — 6,6
— Jahongir O‘rozov — 6,7

Qanot himoyachilari:
— Sherzod Nasrullaev — 6,3
— Farrux Sayfiev — 6,3

Yarim himoyachilar:
— Akmal Mozgovoy — 6,2
— Otabek Shukurov — 6,7

Hujum orti futbolchilari:
— Oston O‘runov — 6,1
— Abbosbek Fayzullaev — 6,5

Hujumchi:
— Eldor Shomurodov — 6,2

Shu tariqa, Niderlandiyaga qarshi bahsda O‘zbekiston terma jamoasining o‘rtacha reytingi 6,4 ballni tashkil etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Rescara
09/06/2026 11:13
Булага бал хайф.
&
Мамадияров Махмуд
09/06/2026 08:50
Бу балларни ўзларинг қўйдиларингми, СА да энг паст балл Ж. Ўразовда 5.7 балл.