O‘zbekiston terma jamoasi katta murabbiysi butunjahon jang san’atlari festivali haqida fikr bildirdi
Ayni damda, Janubiy Koreyada butunjahon Sharq yakkakurashlari va jang san’atlari bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu turnirda O‘zbekiston terma jamoasi ham qatnashmoqda. Kuni kecha, Koreyada bo‘lib turgan terma jamoamiz katta murabbiysi Anvar Nuraliev musobaqa haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Musobaqa haqida fikrlaringiz va qisqacha ma’lumot bersangiz?
"Janubiy Koreyada 2019 yil 30 avgustdan 6 sentyabrgacha bo‘lib o‘tadigan butunjahon Sharq yakkakurashlari va jang san’atlari jahon festivalida 40 nafardan iborat delegatsiyamiz ishtirok etadi.
Xalqaro jang san’ati federatsiyasi hamda O‘zbekiston jang san’ati assotsiatsiyasi mana shu musobaqada ikkita jamoa bo‘lib ishtirok etyapti.
Jamoalarimiz dastlabki ko‘rgazmalarini bugundan boshlashdi. Bu chiqishlarimiz kelgan har bir davlatga yoqdi. Musobaqada umumiy 52 ta davlat ishtirok etmoqda va kuni kecha, 30 avgust kuni "Chungju" o‘yingohida musobaqaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu juda katta tarzda tashkil etildi va har bir davlat paraddan o‘tishdi va O‘zbekiston ham mana shu paradda ishtirok etib, butunjahon Sharq yakkakurashlari rahbarlari musobaqaning ochilish marosimida ishtirok etib, turnirni ochib berishdi."
Siz musobaqada 52 ta davlat qatnashmoqda deb ta’kidladingiz. O‘zbekistonning imkoniyatlari qanday? Nechanchi o‘rinni egallaymiz deb o‘ylaysiz?
"O‘zbekiston 2017 yili 1-o‘rin, 2018 yili 2-o‘rinni egallagan. Avvalgilariga nisbatan, hozirda musobaqaga raqiblarimiz jiddiy tarzda tayyorgarlik ko‘rishgan. Shu qatorda biz ham musobaqaga mos kelgan holatda, kuchli tayyorlanganmiz. Bolalarimizning kayfiyatlari yaxshi. Tayyorgarligimiz juda ham zo‘r. Biz ishonamiz, bolalarimiz bayrog‘imizni yuqoriga ko‘tarib, 2017 yil qo‘lga kiritilgan natijani takrorlashadi."
Hozirgi tarkib yoshlardan iboratmi yoki tajribali sportchilardanmi?
"Bizda ikkita jamoa bor. Bittasi yoshlar va yana bittasi tajribalilar. Umuman ikkala tarkibimizda ham tajriba etarli. Jamoalarimizga fahrliy birinchi o‘rinni egallashlariga ishonamiz."
Terma jamoamizda sizdan boshqa murabbiy ham bormi va delegatsiyaning rahbari kim? U inson ham tashrif buyurganmi?
"Delegatsiyamizda Toshkent viloyati, Toshkent shahri, Farg‘ona viloyati va Surxondaryo viloyati murabbiylari va bosh rahbarlari ushbu musobaqada qatnashishmoqda. Delegatsiyamiz rahbari va ustozimiz Po‘lat Akramovich boshchiligida musobaqada ishtirok etmoqdamiz."



Fikrlar