
O‘zbekiston terma jamoasi kuchli raqibga imkoniyat qoldirmadi
Yig‘in doirasida Janubiy Koreyada bo‘lib turgan O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionati ishtirokchisi hamda Afrikaning nomdor termalaridan biri bo‘lgan Kamerunga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etdi.
Mazkur bahsda vakillarimiz ishonchli 2:0 hisobida raqibdan ustun keldi. Dastlab, 24-daqiqada Hojimat Erkinov Shomurodovning ajoyib uzatmasidan so‘ng hisobni ochdi. 76-daqiqada Oston O‘runov Odil Hamrobekovning pasidan so‘ng farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, Katanets shogirdlari navbatdagi o‘rtoqlik o‘yinini Kosta-Rikaga qarshi o‘tkazadi. Ushbu bellashuv 27 sentyabr sanasiga rejalashtirilgan.
Fikrlar