O‘zbekiston terma jamoasi Niderlandiya o‘yini oldidan qattiq tekshiruvdan o‘tdi

  • 09.06.2026 03:55
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Niderlandiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi oldidan Nyu-Yorkda kuchaytirilgan xavfsizlik tekshiruvidan o‘tdi.

Bu haqida ESPN jurnalisti Luis Karlos Largo xabar berdi.

Uning ma’lum qilishicha, futbolchilar va delegatsiya a’zolari stadionga yetib kelganida politsiya tomonidan xizmat itlari va metallodetektorlar yordamida tekshirildi.

Mazkur jarayon aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilindi va xavfsizlik choralarining qattiqligi ko‘pchilikning e’tiborini tortdi.

Eslatib o‘tamiz, Fabio Kannavaro shogirdlari mazkur bahsda Niderlandiyaga 2:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!