
O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionati saralash bosqichida ishtirok etadi
Kelasi yili bo‘lib o‘tadigan o‘smir qizlar o‘rtasida U-17 Osiyo chempionati saralash bahslarining dastlabki bosqichi uchun qur’a tashlash marosimi 23 dekabr kuni o‘tkazilishi ma’lum qilindi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur marosim Osiyo Futbol Konfederatsiyasining Kuala-Lumpur shahridagi bosh qarorgohida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
U-17 Osiyo chempionati saralash bahslari reja bo‘yicha ikki bosqichda o‘tkaziladi. Kelasi yilning 7-11 aprel kunlari dastlabki bosqichda jami 32 jamoa vakillari 8 guruhga bo‘lingan holda, navbatdagi bosqichning 8 yo‘llanmasi uchun bellashadilar.
Mazkur guruh uchrashuvlariga Avstraliya, Bangladesh, Iordaniya, Qirg‘iziston, Mongoliya, Myanma, Tojikistan va Vetnam mamlakatlari mezbonlik qiladi.
Ilhom Xanjariev murabbiyligi ostidagi O‘zbekiston U-17 o‘smir qizlar terma jamoasi qur’a tashlash marosimida 2-savatchadan o‘rin oladigan bo‘ldi.
Qur’a savatchalari:
Mezbonlar savatchasi: Avstraliya, Bangladesh, Iordaniya, Qirg‘iziston, Mongoliya, Myanma, Tojikiston, Vetnam
1-savatcha: Janubiy Koreya, Tailand, Laos, Eron
2-savatcha: Filippin, Xitoy Taypeyi, Hindiston, O‘zbekiston, Gongkong, Singapur, Indoneziya
3-savatcha: Livan, Malayziya, Nepal, BAA, Guam, Pokiston, Falastin, Shimoliy Mariana orollari, Shri Lanka
4-savatcha: Iroq, Maldiv orollari, Suriya, Turkmaniston
Qur’a mexanizmi: Mezbonlar savatchasi → 1-savatcha → 2-savatcha → 3-savatcha → 4-savatcha
Fikrlar