O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo kubogiga saralash bahslarini qaysi davlatda o‘tkazishi ma’lum

  • 30 dekabr, 2021, 10:28
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) 2022 yil Kuvaytda bo‘lib o‘tadigan futzal bo‘yicha Osiyo kubogi saralash bosqich (Markaziy va Janubiy mintaqa) bahslarida mezbonlik qiladigan mamlakat nomini e’lon qildi. Unga ko‘ra saralash bahslari Qirg‘iz Respublikasida o‘tkaziladi.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi Eron bilan birgalikda 1-savatchadan joy olgan.

Vakillarimiz Markaziy va Janubiy mintaqa saralashida ishtirok etishadi, bahslar 2022 yilning 1-15 aprel kunlarida o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!