
O‘zbekiston terma jamoasi yanvarda yig‘in o‘tkazishi mumkin!
O‘zbekiston terma jamoasi 2025 yilning yanvar oyida yig‘in o‘tkazishi mumkin. Bu haqda Alisher Nikimbaev o‘zining telegram kanalida ma’lum qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, Srechko Katanets yanvar oyida Birlashgan Arab Amirliklarida yig‘in o‘tkazishni rejalashtirgan. Yanvarda FIFA kunlari bo‘lmagani bois, mazkur yig‘inda xorijlik futbolchilar ishtirok eta olmaydi.
Eslatib o‘tamiz, "oq bo‘rilar" navbatdagi bellashuvni 20 mart kuni "JCh-2026" saralashi doirasida Qirg‘iz Respublikasiga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar