O‘zbekiston terma jamoasining JCh oldidagi rejalari ma’lum bo‘ldi

  • 12.05.2026 17:00
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionati oldidagi tayyorgarlik rejasi ma’lum qilindi.

Terma jamoa 5–25 may kunlari Toshkentda oʻquv-mashgʻulot yigʻini oʻtkazadi hamda mahalliy jamoalarga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etadi.

26 may kuni vakillarimiz Toshkentdan Nyu-Yorkka yo‘l oladi. 27–29 may sanalarida AQShda mashgʻulotlar tashkil etiladi.

1 iyun kuni O‘zbekiston terma jamoasi Kanadaga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Edmontondagi “Commonwealth” stadionida boʻlib oʻtadi.

8 iyun kuni esa jamoamiz Nyu-Yorkda Niderlandiya bilan oʻrtoqlik uchrashuvida qatnashadi.

10 iyundan boshlab terma jamoa Atlanta’da joylashgan Jahon chempionati bazasida faoliyatini davom ettiradi.

Shuningdek, jamoamizning Jahon chempionatidagi ilk uchrashuvlari taqvimi ham ma’lum:

— 17 iyun: O‘zbekiston — Kolumbiya
— 23 iyun: Portugaliya — O‘zbekiston
— 27 iyun: Kongo DR — O‘zbekiston

Shuningdek, terma jamoamiz 22 may kuni "Bunyodkor" stadionida ikki jamoaga boʻlingan holda, muxlislar qarshisida maydonga tushishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!