O‘zbekiston terma jamoasining sobiq futbolchisi premer-liga klubining murabbiylar shtabini tark etdi

  • 05.04.2022 15:22
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Dmitriy Loskov va Oleg Pashinin "Lokomotiv" klubining murabbiylar shtabini tark etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, murabbiylar shtabidan ketganiga qaramay, ushbu mutaxassislar jamoadagi faoliyatini davom ettirishadi.

“Biz Dmitriy va Oleg bilan klubda yuz berayotgan o‘zgarishlar yuzasidan uzoq vaqt gaplashdik va ikkalasi ham «Lokomotiv»da qolishi haqida bir qarorga keldik. Ular klub an’analarini asrab-avaylash, ularni yangi avlod futbolchilariga etkazishda muhim o‘rin tutadi. Ular “Lokomotiv”ning o‘tmishi, buguni va kelajagini bog‘lovchi bo‘g‘indir.

Ishonchim komilki, Dmitriy va Olegni bundan keyin ham o‘z klubiga foydasi tegadi, yoshlarimizni tarbiyalaydi va bu borada barcha “temiryo‘lchilar”ga o‘rnak bo‘ladi”, – dedi “Lokomotiv” bosh direktori Vladimir Leonchenko.

Eslatib o‘tamiz, Oleg Pashinin 2001-2005 yillarda O‘zbekiston milliy terma jamoasi sharafini himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Akmal Akobir
06/04/2022 07:22
Олег сингари уйинчила купайсин