
O‘zbekiston terma jamoasining yana bir futbolchisi legionerga aylandi (Foto)
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va "Lokomotiv" klubi himoyachisi Oleg Zoteev legionerga aylandi.
Futbolchi Janubiy Koreya K-2 ligasi ishtirokchisi "Chonnam Dragons" klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumot o‘rnida, "Chonnam Dragons" 2019 yilgi mavsumda K-2 ligasida 6-o‘rinni egallagan. Bu mavsum esa jamoa 7 o‘yinda 10 ochko jamg‘argan holda 6-pog‘onada bormoqda.
Fikrlar