O‘zbekiston U-16 "Surxon" o‘rinbosarlarini 3:1 hisobida engdi

  • 25 iyun, 2022, 10:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston U-16 terma jamoasi Toshkentdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini davom ettirmoqda. Yig‘in doirasida Jamoliddin Rahmatullaev shogirdlari bugun “Surxon” klubining o‘rinbosarlar tarkibiga qarshi maydonga tushishdi. Qiziqarli o‘tgan uchrashuvda o‘smirlar terma jamoamizning qo‘li baland keldi, 3:1.

Tecno

Gollarga vakillarimizdan Behruz Ismatov, Ozodbek O‘ktamov hamda Zikrillo Muxtorovlar mualliflik qilishdi.

O‘zbekiston U-16 tarkibi: Muhammadyusuf Sobirov, Behruz Jumatov, Ozodbek O‘ktamov, Muhammadali Olimov, Behruz Shukurullaev, Azizbek To‘lqinbekov, Ollabergan Karimov, Sardorbek Mirqobilov, Lazizbek Mirzaev, Shodiyor Shodiboev, Behruz Ismatov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Diyorbek To‘laboev, Azamat Sulaymonov, Ozod Sotvoldiev, Asrorbek Otaxonov, Sherzodbek Abdulboriev, Dilshod Abdullaev, Aminbek Yoqubov, Oybek O‘rmonjonov, Zikrillo Muxtorov, Nikolos Akopov, Ibrohim Tursunaliev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!