
O‘zbekiston U-16 terma jamoasi ham Tojikistonga mag‘lub bo‘ldi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston U-16 terma jamoasi Tojikiston vakillari bilan ikkita o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish uchun Xo‘jand shahriga etib borgan edi.
Bugun ikki qo‘shni mamlakat o‘smirlari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvlarining dastlabkisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
"Mustaqillikning 20 yilligi" nomli stadionda o‘tgan bahsda Tojikiston U-16 terma jamoasi 1:0 hisobida g‘alabaga erishdi.
24 sentyabr kuni mazkur stadionda ushbu jamoalar o‘rtasidagi navbatdagi uchrashuv tashkil etiladi.
Tojikiston 1:0 O‘zbekiston
Gol: Xusrav Toirov 16
O‘zbekiston: A. Kenjaev, S. Poyonov, M. Abdurazokov, A. Xusanov, A. Vaniev, M. Usmonov, A. Xayrullaev, R. Islamov, Sh. Akramov, A. Qoxorjonov, R. Turdimurodov
Zaxiradan maydonga tushganlar: X. Mahmudov, V. Pogosyan, T. To‘xtasinov, A. Zevadinov
Bir necha kun avval, O‘zbekiston U-19 terma jamoasi ham tojikistonlik tengqurlariga qarshi o‘tkazilgan ikki o‘yinning birida g‘alaba, ikkinchisida mag‘lubiyat qayd etgandi.
Fikrlar