O‘zbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi Osiyo kubogiga tayyorgarlik jarayoni haqida gapirdi

  • 23.04.2026 23:36
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Osiyo kubogiga tayyorgarlik ko‘rish uchun Toif shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini boshladi. Terma jamoa bosh murabbiyi Sergey Chigodaev musobaqa oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Osiyo kubogiga tayyorgarlik haqida:

"Yig‘inimizni 15 aprel kuni Toshkentda boshladik. Mashg‘ulotlar kuniga ikki mahal o‘tkazildi: ertalab asosan jismoniy tayyorgarlikka e’tibor qaratildi, kun davomida psixolog bilan ham ishladik. Bunday musobaqalar oldidan ruhiy jihatdan tayyor bo‘lish juda muhim. Keyingi mashg‘ulotlarda esa texnik-taktik jihatlarga urg‘u berdik.
Umuman olganda, futbolchilar reja bo‘yicha tayyorgarlik olib bormoqda, jiddiy jarohatlar yo‘q. Bugun Saudiya Arabistoniga yetib keldik va ilk mashg‘ulotni o‘tkazdik. Toifda yig‘inlarimizni davom ettiramiz, musobaqa payti esa Jidda shahriga ko‘chib o‘tamiz."

Saudiya bilan o‘yin haqida:

"25 aprel kuni Saudiya Arabistoniga qarshi nazorat o‘yinida maydonga tushamiz. Ular bilan shu kungacha uch marta o‘ynaganmiz. Texnik jihatdan yaxshi shakllangan jamoa, individual mahorati yuqori futbolchilari bor. Osiyo kubogi oldidan bu o‘yin biz uchun yaxshi tayyorgarlik vazifasini o‘taydi."

Ma’lumot uchun, vakillarimiz turnirdagi ishtirokini 6 may kuni KXDRga qarshi o‘yin bilan boshlaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!