O'zbekiston U-17 terma jamoasi eng ko'p bokschi bilan finalga yetib bordi!

  • 13.05.2026 13:46
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Toshkent mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha U-15 va U-17 yosh toifalari o‘rtasidagi Osiyo chempionatida yarim final janglari ortda qoldi. O‘smirlar (U-17) toifasidagi bahslarda O‘zbekiston terma jamoasining 16 nafar vakili (6 nafar qiz va 10 nafar yigit) final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Shubhasiz, bu ishtirokchi davlatlar orasidagi eng yuqori natija bo‘ldi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Qozog‘iston terma jamoasi 11 nafar finalchi bilan ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, kuchli uchlikni 9 nafar finalchiga ega Hindiston terma jamoasi yakunlab turibdi.

Eslatib o‘tamiz, kichik o‘smirlar (U-15) toifasida ham 21 nafar bokschimiz final yo‘llanmasini qo‘lga kiritib, eng yuqori natijani qayd etgan edi.

Bugun musobaqada dam olish kuni. Ertaga U-15, 15 may kuni esa U-17 yosh toifalarida final janglari bo‘lib o‘tadi. Bu haqida MOQ xabar bermoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!