O‘zbekiston U-17 terma jamoasi xalqaro turnirda sovrindor bo‘ldi

  • 24.02.2026 01:16
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 1
  • Futbol

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi "Rivojlanish kubogi" xalqaro musobaqasida bronza medalini qo‘lga kiritdi. Sergey Chigodaev shogirdlari uchinchi o‘rin uchun bahsda Qozog‘iston U-17 terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuvda vakillarimiz 3:2 hisobida g‘alaba qo‘zondi. Jamoamiz safida Sadirjonov va Eshpo‘latov gol muallifi bo‘lgan bo‘lsa, yana bir gol qozoqistonlik futbolchi tomonidan o‘z darvozasiga kiritildi.

Boshlang‘ich tarkib:

Denis Juravlyov, Mirjamol Anvarov (s), Mashhurbek Abdisoliev, Abubakir Rahimov, Adis Abdunabiyev, Islom Ravshanov, Mikromil Murodov, Muhammad Mamatov, Jahongirmirzo O‘ktamboev, Asilbek Aliev, Laziz Abduraymov.

Zaxiradagi futbolchilar:

Olim Shomurodov, Elsevar Olimov, Mironshoh Eshpo‘latov, Ahrorbek Ravshanov, Amirxon Erkinov, Bilol Aliev, Muhammaddodilxon Orifxonov, Suhrob Sadirjonov, Rustam Aliev, Abdulboriy Zoidjonov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Адхамжон Низомов
24/02/2026 06:04
Чигодаев бошчилигида барча уйинлар,17 уйин.3 галаба,2 дуранг, 12 маглубият.Чигодаев аут.УФА хал хам кеч эмас,кани Нуралиев,Евстафаевларни чакир.