O‘zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi Tailandga qarshi o‘yin oldidan mashg‘ulot o‘tkazdi

  • 20 oktabr, 2017, 17:53
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

O‘zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi Osiyo chempionati 3-turida Tailandga qarshi o‘yin o‘tkazadi. Bahrom Norsafarov shogirdlari guruh bosqichidagi so‘nggi tur oldidan mashg‘ulot o‘tkazdi.

Mashg‘ulot davomida futbolchi qizlar asosiy e’tiborni hujum tashkil qilishga qaratishdi. Birtepar uslubdagi o‘zaro kombinatsiyalar orqali tezkor ravishda hujumga o‘tish va darvozaga zarbalar yo‘llash mashq qilindi. Shuningdek, qanotlardan uzatiladigan to‘plarni qabul qilib, qulay pozitsiyaga chiqqan holda darvozani nishonga olish borasida ham ish olib borildi.

Guruhdagi dastlabki ikki o‘yinda mag‘lubiyatga uchragan O‘zbekiston U-19 termasi Tailandga qarshi o‘yinda g‘alaba qozonishga astoyidil tayyorlanmoqda. Ertaga Bahrom Norsafarov shogirdlari hujumkor o‘yin namoyish qilishi kutilmoqda. Tabiiyki, asosiy tarkibda ham bir qator yangi nomlarni ko‘rishi mumkin bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Tailandga qarshi 3-tur uchrashuvi 21 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 12:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!