O‘zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi yig‘in doirasida so‘nggi nazorat o‘yini o‘tkazdi

  • 22 aprel, 2019, 14:30
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
O‘zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi shu yilning 26-30 aprel kunlari Myanma davlatida bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionati saralashida qatnashishi haqida xabar berib o‘tgandik. 
 
Mana shu musobaqaga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Karima Yo‘ldosheva shogirdlari Toshkentdagi "Chig‘atoy" sport bazasida yig‘in o‘tkazishmoqda. Nerma jamoamiz qizlari yig‘in doirasida 2006 yilda tug‘ilgan o‘g‘il bolalardan iborat "Chig‘atoy" jamoasiga qarshi so‘nggi nazorat o‘yinida maydonga tushishdi.
 
Uchrashuv 3:3 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Avvalroq Karima Yo‘ldosheva shogirdlari ikkita nazorat o‘yini o‘tkazishgan bo‘lib, "Chig‘atoy-2006" jamoasini 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratishgan, "Chig‘atoy-2005" jamoasiga esa 1:3 hisobida taslim bo‘lishgandi
 
Eslatib o‘tamiz, terma jamoamiz Osiyo chempionati saralashida Avstraliya, Myanma va Nepal terma jamoalariga qarshi bahs olib borishadi. Guruhda birinchi va ikkinchi o‘rinni egallagan jamoalar Osiyo chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!