O‘zbekiston U17 terma jamoasi Venesuela, Kot-d'Ivuar va Burkina-Faso bilan o‘ynaydi

  • 16 oktabr, 13:01
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2025 yilgi FIFA U17 Jahon chempionatiga tayyorgarlikni davom ettirayotgan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi 18–31 oktyabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida ishtirok etadi.

Tecno

Islombek Ismoilov boshqaruvidagi jamoamiz yig‘in doirasida U17 Jahon chempionati ishtirokchilari — Venesuela, Kot-d’Ivuar va Burkina-Fasoga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Bahslar “Al-Hamriya” stadionida bo‘lib o‘tadi. 

O‘zbekiston — Venesuela 
20 oktyabr
"Al-Hamriya" stadioni

O‘zbekiston — Kot-d’Ivuar 
23 oktyabr
“Al-Hamriya” stadioni

O‘zbekiston — Burkina-Faso 
29 oktyabr
“Al-Hamriya” stadioni

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!