O‘zbekiston U23 terma jamoasi Frantsiyaga etib bordi (foto)

  • 12 iyul, 2024, 15:26
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Frantsiya poytaxti Parij shaxriga etib bordi. Bu xaqda O‘zbekiston futbol assosiatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda

Tecno

Bu erdan terma jamoamiz Nitstsa shahriga yo‘l oladi va Parij-2024 olimpiada o‘yinlariga tayyorgarlikning so‘ngi bosqichini olib boradi. Uning doirasida vakillarimiz 15 iyul kuni Afrika qit’asi vakili gvineyalik tengdoshlariga qarshi maydonga chiqadi. 

Oradan uch kun o‘tib, 18 iyul sanasida Nitstsa shahrida Yangi Zelandiya bilan bahs olib boradi. Mazkur o‘yinlardan keyin terma jamoamiz yana Frantsiya poytaxtiga qaytib keladi va Olimpiadaning dastlabki turi doirasida Ispaniyaga qarshi baxsga tayyorgarlikni boshlaydi. 

Biz mazkur bellashuvlarda Temur Kapadze boshchiligidagi olimpiya terma jamoamizga omad va zafarlar yor bo‘lishini tilab qolamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!