O‘zbekiston yoshlar terma jamoasiga "Bunyodkor"dan 9 futbolchi jalb etildi

  • 18.03.2019 13:48
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Osiyo chempionati saralash o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bugundan poytaxtimizda navbatdagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini boshladi.

Bosh murabbiy Otabek G‘ulomxo‘jaev 27 martga qadar davom etadigan yig‘inga "Bunyodkor"ning to‘qqiz nafar futbolchisini taklif qilgan. Bular – Diyorbek Rahimqulov, Ibrohim Ibrohimov, Muzaffar Olimjonov, Jasur Jaloliddinov, Jasur Xoldorov, M.Qodirov, Bo‘ronbek Mirzasalimov, O.Jo‘raqo‘ziev va X.Ubaydullaev.

Shuningdek, «Bunyodkor» akademiyasida faoliyat yuritadigan murabbiy Doniyor Usmonov va shifokor Abdulla Rizboev ham terma jamoa yig‘iniga taklif olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!