O‘zbekiston yoshlari Eron darvozasiga so‘nggi daqiqalarda gol urib, mag‘lubiyatdan qutulib qoldi (Fotogalereya)

  • 23 avgust, 2022, 00:51
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mirabror Usmonov xotirasiga bag‘ishlangan “Mirabror Usmanov Memorial Cup-2022” turniri start oldi. 

Ochilish o‘yinida O‘zbekiston hamda Eron U-16 terma jamoalari o‘zaro kuch sinashdi. Unda mehmonlar 1:1 hisobida durang o‘ynadi. 

Eronliklarning goli Reza Gandi Pour tomonidan 72-daqiqada kiritildi. Vakillarimizdan Aminbek Yoqubov 90+7-daqiqada muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi. 

Quyida ushbu bellashuvdan fotogalereyani tomosha qilishingiz mumkin: 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!